"Real" 19 yoshli vingerning transferi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
23 yanv 2020
"Real" "Malaga"ning 19 yoshli vingeri Ugo Valexo bo'yicha kelishuvga erishdi.

Qayd etish kerakki, yosh ispaniyalik o'yinchining transferi "qirollik klubi" uchun 300 ming evroga tushadi.

Valexo agar "Real"ning asosiy jamoasida 10ta o'yinda maydonga tushsa, "Malaga" yana 1 million evro oladi.

Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" oldinroq braziliyalik 18 yoshli Reynerning transferini e'lon qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Marca