“Real” – Yevropada 100 ta sovrin yutgan birinchi klub!

Eldor Akmurzayev
12 fev 2023, 07:45
Marokashda o'tgan klublar o'rtasidagi JCH finalida “Real” gollarga boy bahsda “Al Hilol”dan 5:3 hisobida ustun kelib, o'z tarixida 5-marotaba mazkur musobaqada g'olib bo'ldi.

Shuningdek, madridliklar yubiley 100-titulini qo'lga kiritdi va bunday natijaga erishgan qitadagi ilk klub bo'ldi. “Real”ning eng yaqin taqibchisi “Barselona” hisoblanadi. Ular hisobida 98 ta sovrin bor.

Ulardan keyingi o'rinlarda esa quyidagilar bormoqda: “Bavariya” (82), “Yuventus” (70), “Liverpul” (68), “Manchester Yunayted” (66), “Milan” (49), “Arsenal” (48), “PSJ” (45) va “Inter” (43).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia