Rays "Manchester Yunayted"ga o'tmaslikka shama qilmoqda

Mirjalol Normatov
2 may 2022, 14:14
"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays jamoadan ketishi borasidagi xabarlar haqida gapirdi.

Ayni damda futbolchiga "Manchester Yunayted" jiddiy da'vogarlik qilayotgan bo'lsa, "Manchester Siti" va "Chelsi" ham transfer uchun kurashmoqda.

"Ushbu mavsumda biz muvaffaqiyatliroq harakat qildik. Jamoa Yevropa ligasi yarim finaliga chiqdi va APLda kuchli oltilik uchun jiddiy kurash olib bormoqdamiz. Kelasi mavsumda esa oldimizga yanada kattaroq vazifalar qo'yiladi.

Hozir jamoadan ketish haqida o'ylamayapman va bu boradagi xabarlarga e'tibor qaratmayapman", - dedi Rays.

Ushbu mavsumda futbolchi APLning 33 o'yinida qatnashib, 1 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal