Rayola Skoulzning tanqidiga javob berdi

Aslanov Jasurbek
21 avg 2018, 15:31
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola fransiyalik futbolchini tanqid qilgan Pol Skoulzga "Tvitter"da javob berdi.

"Bazi odamlar unutilishdan qo'rqib ko'p gapirib yuborishadi. Skoulz sport direktoriga aylanib, Ed Vudvordga Pogbani sotishni maslahat berishi kerak. Unga yangi klub topish oson bo'lmaydi" - deydi Rayola.

Pogba 2016 yilning yozida 105 mln evro evaziga "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. 25 yoshli futbolchi joriy mavsum APLning 2ta uchrashuvida penaltidan 2ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/MinoRaiola