Rayola Donnarummani yana yo'ldan urishni boshladi

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020, 14:39
"Milan" Janluijji Donnarumma bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda.

Gap shundaki, "Milan" sport direktori Ivan Gazidis posbonga ayni damdagi maoshini taklif qilmoqda. Donnarummaning hozirgi maoshi yillik 6 mln evroni tashkil qiladi.

Biroq kiperning agenti Mino Rayola bu summaga ko'nmayapti va mijozi uchun 7 mln evro maosh so'ramoqda. Muzokaralar yaqin kunlarda boshlanadi.

Agarda tomonlar ushbu muzokaralarda kelisha olishmasa, klub darvozabonni sotish rejalarini tuzadi.

Donnarummaning shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport