Ravshan Haydarov: "Dastlabki vazifa bajarildi"

Narzulla Saydullayev
27 may 2023, 07:28
O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Gvatemalaga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalambor, oldimizga qo'ygan birinchi vazifamiz - guruhdan chiqishni uddalaganimiz bilan yigitlarga rahmat aytaman. Sababi o'tgan turda durang o'ynaganimiz bois, keyingi bosqich yo'llanmasi jumboq bo'lib turgandi. O'ylaymanki bugun o'yin bo'yicha ham, ishtiyoq bo'yicha ham, mahorat bo'yicha ham Gvatemala jamoasidan ustunlik qildik va bu hisobda aks etdi.

Keyingi bosqich o'yinlari bundan ham shiddatli bo'ladi, tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz", - dedi Ravshan Haydarov.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia