Tarkibni kuchaytirish uchun unda hech qanday imkoniyat hamda vaqt yo'q edi. Endi bo'lsa u o'zi istagan darajada tarkibni kuchaytirish va shakllantirishi mumkin. Shuning uchun samarqandliklar ayni paytda Toshkentda kuchaytirilgan tartibda mashg'ulot o'tkazmoqdalar. Qolaversa, tarkibda ham ayrim o'zgarishlar yuz beryapti. Bu borada bosh murabbiy bilan suhbatlashdik.
- Ravshan Akmalovich, suhbatimizni avvalo jamoa yetakchisi – Aleksandr Kleckovning ketganligi bilan boshlasak. Hech kimga sir emaski, u Dinamoning asosiy futbolchisi edi. Uning Turkiyaga jo'nab ketishiga munosabatingiz qanday bo'ldi?
- Albatta, Kleckovning jamoamizni tark etganligi biz uchun yo'qotish bo'ldi. Chunki unda tajriba etarli va asosiy o'yinchilarimizdan biri edi. Ammo futbolchi o'zini chetda sinab ko'rishni xohladi. Shuning uchun Turkiya birinchi divizion vakili - Orduspor bilan shartnoma tuzdi. Klubda o'yinchilarni majburlab olib qolmaymiz. Kleckovning o'zi ketishni xohladi.
- Garchi Aleksandr Kleckov Dinamoni tark etganiga qaramasdan siz uning o'rniga yangi futbolchilarni taklif qilib mashg'ulotlarda sinovdan o'tkazyapsiz...
- Ha, to'g'ri. Ikki himoyachilar - Paxtakordan Ildar Mamatkazin va Neftchidan kelgan Oybek Nurboev biz bilan birga. Ushbu futbolchilar o'z klublarida etarli darajada o'yin amaliyotiga ega bo'lmadilar. Shu bois Dinamoda o'zlarini har tomonlama ko'rsatishga harakat qilishyapti. Shuni alohida aytishim kerakki, ushbu yigitlarning jismoniy tayyorgarligi yomon emas. Bu futbolchilarni jamoamizga tezroq moslashib olishlari uchun nazorat o'yinlarida ham sinovdan o'tkazamiz.
- Umuman olganda, jamoaga qo'shilgan yangi futbolchilar haqida ma'lumot bera olasizmi?
- Safimizda yangi o'yinchilar bor, yo'q emas. Mamatkazin va Nurboevdan tashqari Qizilqumdan Avaz Agaliev va Alisher Samatovni ham taklif qilganman. Bilasiz, birinchi davra boshida Qizilqumda ular men bilan ishlashgan. Aynan Agaliev va Samatov ikkinchi davrani Dinamoda o'tkazishi aniq bo'ldi. O'ylaymanki, ular jamoamizga albatta foyda keltiradilar. Qolaversa, bu orqali raqobatni ham kuchaytirishni mo'ljallaganmiz.
- Dinamoni Kleckovdan tashqari yana kimlar tark etdi?
- Hozir tarkibni shakllantirish ustida ishlayapmiz. Shuning uchun birinchi davrada o'zini ko'rsata olmagan ayrim o'yinchilar bilan xayrlashishga majburmiz. Lekin shuni ishonch bilan aytamanki, bizda katta yo'qotishlar yo'q. Biz asosiy e'tiborimizni selekciyaga qaratib yangi kelgan futbolchilarni obdon kuzatyapmiz. Chunki ikkinchi davrada Dinamo yanada kuchliroq o'yin ko'rsatishi lozim. Shuning uchun mashg'ulotlarda jiddiy ishlayapmiz. Birinchi davradagi xato va kamchiliklar ustida ham ishlayapmiz. Iloji boricha muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Negaki, ularning jamoamzidan umidi katta.
- Yaqinda nigeriyalik futbolchilarning shug'ullanayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Bu haqida nima deya olasiz?
- To'g'ri, safimizda ikki nafar nigeriyalik o'yinchilar shug'ullanishdi. Ularni bizga agentlar tavsiya qilishdi. O'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida ushbu yigitlarni ham maydonga tushirdim. Afsuski, legionerlar men kutgan darajada emas ekan. Shu bois ularning xizmatidan foydalanmaslikka qaror qildim.
- Jamoangizni shakllantirish yo'lida o'tkazilgan nazorat o'yinlari juda muhim o'rin tutadi. Shuni inobatga olganda qaysi raqiblar bilan kelishuvga erishdinglar?
- To'g'ri, yig'in davomida bizu chun o'rtoqlik uchrashuvlari juda kerak. Shuning uchun biz Paxtakor, Neftchi va Olmaliq bilan o'yin o'katizshga kelishib qo'yganmiz. Bilsangiz, ikkinchi davraga tayyorgalikni 11 iyuldan boshlaganmiz. Aytmoqchimanki, dastlabki yig'inimizda ham birinchi liganing ikkita jamoasi bilan nazorat uchrashuvini tashkil qilganmiz. 20 iyuldan Toshkentda boshlangan mashg'lotlarimizda ham o'rtoqlik o'yinlariga e'tibor qaratishni lozim topdik. Umid qilamanki, bu orqali futbolchilar bir-birini yanada yaxishroq tushunib oladilar.
- Aytingchi, ikkinchi davraga ko'rilayotgan tayyorgarlik va selekciyadan qoniqyapsizmi?
- Qo'l ostimdagi futbolchilar mashg'ulotlarda astoydil ishlashyapti. Har bir o'yinchi o'zini ko'rsatgisi keladi. To'g'ri, ayrim chiziqlarimizda muammolar bor. Bunga hujum chizig'ini misol qilishim mumkin. Negaki, birinchi davrada oldingi chiziq vakillari kutilgan o'yinni ko'rsata olishmadi. Ikkinchi davra uchun esa hujumni kuchaytirmasak bo'lmaydi. Shu masalada biz yangi o'yinchilar bilan gaplashyapmiz. Umuman, tayyorgarlik davomida agentlar bizga bir qator futbolchilarni tavsiya qilishadi. Lekin ularning hammasini ham olavermaymiz. O'zimizga mos bo'lgan futbolchilarni tanlaymiz.
- Mavsum boshida rahbariyat Dinamoni mahalliy futbolchilar asosida shakllantirishni maqsad qilib qo'ygandi. Lekin hozirda tarkibga ko'plab yangi o'yinchilar kelmoqda...
- Men ham samarqandlik yigitlar jamoa o'zagi bo'lishini istayman. Bu edagi futbolchilarning malakasi oshishida o'z hissamni qo'shmoqchiman. Ko'rdingiz, birinchi davrada ko'plab yosh futbolchilar birinchi marta to'p surishdi. Ularda tajriba oshishi uchun baribir vaqt kerak. Chunki yoshlarda barqarorlik bir mayorda emas. Nima bo'lganda ham bu yoshlar jamoaning kelajagi bo'lishini xohlayman. Shu bois ular hech qachon bizning e'tiborimizdan chetda qolishmaydi.
Shuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi.