Ravshan Ermatov yangi lavozimda ish boshlaydi

Aziz Tukhtamuradov
8 fev 2020, 14:39
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti yangi lavozimda ish boshlaydi.

www.olamsport.com saytiga ma'lum bo'lishicha, Ravshan Ermatov bugun O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlanadi. 

Avvalroq, ushbu lavozimda faoliyat olib borgan Oybek Kasimov Milliy olimpiya qo'mitasi birinchi vice-prezidenti sifatida ish boshlashi mumkinligi haqida xabar qilgandik. 

Ravshan Ermatov keyinchalik O'FAda ham faoliyat olib borish-bormasligi haqida hozircha aniq ma'lumot yo'q. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com