Ravshan Ermatov Gollandiya - Kosta-Rika uchrashuvida ishlaydi va rekordchiga aylanadi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2014, 21:48
FIFA JCH-2014 so'nggi ikki chorak final o'yinlariga hakamlarni tayinladi.
5 iyul kuni tunda (Toshkent vaqti bilan 6 iyul kuni 01:00da) bo'lib o'tadigan Gollandiya - Kosta-Rika uchrashuvida hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, 2010 yil 5ta, ushbu JCHda hozircha uchta o'yinni boshqargan Ermatov mundiallarda o'zining 9-uchrashuvini o'tkazadi. Bu borada o'zbekistonlik hakam jahon rekordini o'rnatadi.

GOLLANDIYA - KOSTA-RIKA
6 iyul. 01:00
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abdulhamidillo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston)
Zaxira hakami: Noumandiez Due (Kot D'Ivuar)

ARGENTINA - BELGIYA
5 iyul. 21:00
Bosh hakam
: Nikola Riccoli (Italiya)
Qanot hakamlari: Renato Faverani (Italiya), Anrea Stefani (Italiya)
Zaxira hakami: Benjamin Uilyams (Avstraliya)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia