

"So'g'diyona" nigeriyalik hujumchi Jon Junior Igbaruma bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Ma'lumot o'rnida Jon Junior Igbaruma 2024 mavsumda "Sandviken" jamoasi safida 28 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan.
Jon Junior Igbaruma faoliyati davomida Shvetsiyaning "Syurianska", "Sandviken", "Karlstad Yunayted", "Sirius", "Dalkurd" jamoalarida to'p surgan. Uning oxirgi jamoasi "Sandviken" hisoblanadi.
Jon Junior Igbaruma "So'g'diyona" safida kelasi mavsumda yuqori marralarni zabt etishida tilakdoshmiz", - deb yozadi "So'g'diyona" matbuot xizmati.




