Rasmiy xabar: Oybek Qilichev - "Neftchi" futbolchisi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2021, 16:30
Yozgi transfer oynasi amal qilinishi munosabati bilan "Neftchi" futbol klubi tarkibni tajribali o'yinchilar bilan kuchaytirish borasidagi faoliyati davom etmoqda.

Bugun "Neftchi" qarorgohida jamoaga kelib qo'shilgan Oybek Qilichev bilan rasmiy shartnoma imzolandi.

Ma'lumot o'rnida, Oybek Qilichev 1989 yilda Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida tavallud topgan. Amplusi yarim himoyachi. Shu kungacha Superliganing "Navbahor"," Andijon", "Lokomotiv", "Paxtakor" va AGMK kabi klublarda faoliyat yuritgan. Farg'onaliklar safiga qo'shilishidan oldin birinchi davrani Navoiyning "Qizilqum" jamoasida o'tkazib, 10ta uchrashuvda maydonga tushirilgan va 2ta golga mualliflik qilgan.

Fursatdan foydalanib, sevimli jamoamiz va jonkuyar muxlislarimiz nomidan Oybek Qilichevga "Neftchi" klubining Pro liga birinchiligida chempion bo'lib, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishda jamoamiz sharafini munosib himoya qilishidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deb yozadi "Neftchi" matbuot xizmati.



Oybek Qilichev: "Xayr, "Qizilqum"        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати