Rasmiy xabar: Dostonbek Hamdamov "Al Nasr" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2021, 18:34
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov faoliyatini BAAda davom ettiradi.

Dubayning "Al Nasr" klubi o'zbekistonlik futbolchi bilan 1,5 yillik shartnoma tuzganini e'lon qildi. Hamdamov "Paxtakor" bilan shartnomasi yakunlangani bois "Al Nasr"ga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi. 

Eslatib o'tamiz, championat.asia sayti 7 yanvar kuni Hamdamov "Al Nasr"ga ko'chib o'tishi haqida xabar bergandi

Ma'lumot uchun, Dubayning "Al Nasr" klubi 1945 yilda tashkil topgan. O'z uy o'yinlarini 15058 tomoshabinga mo'ljallangan "Al Maktum" stadionida o'tkazadi. Jamoani ayni paytda xorvatiyalik Krunoslav Yurchich boshqarmoqda. BAA pro ligasida 12ta turdan keyin "Al Nasr" 24 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Klub safida Rayan Mendes (Kabo Verde), Brandli Kuvas (Kyurasao), Dia Saba (Isroil), Toze (Portugaliya) kabi legionerlar faoliyat olib bormoqda. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia