

Lekin ayni paytga kelib jamoa Superligada 12-turdan so'ng 21 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. Kuni kecha jamoa Samarqandda Dinamo jamoasiga mag'lub bo'ldi va turnir jadvalidagi holatini biroz yomonlashtirib qo'ydi. Shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirok guruh bosqichidayoq yakunlandi. Holbuki Lokomotiv PFK rahbariyati jamoa oldiga birinchi galdagi vazifa etib OCHLda guruhdan chiqishni qo'ygan edi.
Ham ichki, ham xalqaro maydondagi natijalar qoniqarsiz ko'rinish olgani sababli shu paytga qadar Lokomotiv jamoasi bosh murabbiyi vazifasida ishlab kelgan Andrey Fyodorov va u bilan faoliyat olib borgan murabbiylar shtabi bugun iste'foga chiqarildi.
Lokomotiv PFK Andrey Fyodorov, Mirko Yyelichich, Petr Gizimchuk, Vazgen Manasyanga klub oldidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiradi.



