Rasmiy xabar: AGMK niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2021, 21:05
AGMK jamoasi yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rish doirasida selekciya ishlarini ham jadallik bilan olib bordi.

Jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi legionerlar saralab olishga alohida e'tibor qaratib, Antaliyadagi yig'inda jamoa safida bo'lgan niderlandiyalik hujumkor vinger Elvin Fortesning harakatlaridan qoniqish hosil qilishdi.

Shu boisdan ham Fortes bilan shartnoma imzolash bo'yicha olib borilgan muzokaralar jarayoni yakunida har ikkala taraf o'zaro kelishuvga erishdi.

Klub niderlandiyalik futbolchi Elvin Fortes bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Elvin Fortes 1994 yil, 25 may kuni Niderlandiyaning Rottyerdam shahrida tug'ilgan. Elvin "Feyenoord" va "Sparta Rottyerdam" yoshlar jamoasida to'p tepgan. Professional faoliyatini esa Finlyandiyaning "Kemi" jamoasida boshlagan. Faoliyatini asosiy qismini esa Niderlandiyada o'tkazgan. Shuningdek, Turkiya, Chexiya, Gruziya va Qozog'iston chempionatlarida o'ynagan.

Elvin AGMK safida ham sevimli 94-raqamini tanladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати