Rasman: "Yuventus" Morataning ijara muddatini bir yilga uzaytirdi

Alisher
16 iyun 2021, 11:25
Hujumchi Alvaro Morata yana bir mavsum "Yuventus"da qoladi.

Turin klubi "Atletiko" forvardi bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi, bu haqda klub sayti xabar bermoqda.

28 yoshli Morata o'tgan mavsum "Yuventus" tarkibida 44ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 12ta assist qayd etdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Turin klubi takroriy yillik ijara uchun "Atletiko"ga 10 million evro to'laydi.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc