

O'tgan mavsumni "Yuventus"da ijara asosida o'tgan Kuadrado mavsum yakunlangach "Chelsi" ixtiyoriga qaytgandi.
Turinliklar Kuadradoni yana ijara asosida ortga qaytarishdi.
Bu safar Kuadradoning ijara muddati 3 yilga mo'ljallangan.
"Yuventus" futbolchini sotib olish huquqini ham qo'lga kiritgan. Agarda turinliklar Kuadradoni sotib olishni istashsa, unda ular londonliklarga 25 million evro to'lashlari kerak bo'ladi.



