

"Surxon" klubi rossiyalik markaziy himoyachi Jamaldin Xodjaniyazov bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.Jamaldin 1996 yil Turkmanistonda tug'ilgan. Bolaligida Toshkentdagi "Chilonzor" akademiyasida shug'ullangan. Keyinchalik Rossiyaning "Zenit" klubi yoshlar va asosiy jamoalarida to'p tepgan.
Ma'lumot uchun, Xodjaniyazov 2013 yilda U-17 Yevropa chempionatida g'olib chiqqan.

Jamaldinning so'nggi jamoasi Rossiyaning "Akron" jamoasi bo'lgan.



