Rasman: "Sochi" - "Rostov" bugun o'tkaziladi

Alisher
19 iyun 2020, 12:47
"Sochi" RPLning 23-turi doirasidagi "Rostov"ga qarshi o'yin bo'lib o'tishini e'lon qildi.

"Sochi"ning e'lon qilgan xabariga ko'ra, jamoalar o'yinni o'tkazishga kelishib olishgan. RPL doirasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

Oldinroq, "Rostov"da 6 nafar futbolchi koronavirusga chalingani sabab o'yinning o'tishi so'roq ostida edi.

"Rostov" o'yinni ko'chirmoqchi bo'ldi, ammo "Sochi" bunga qarshilik qildi. RFI bunday holatda "Rostov"ga texnik mag'lubiyat yozilishi mumkinligini ham bildirdi.

→ "Rostov" "Sochi" bilan o'yinga 2003 yil jamoasini yubormoqchi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: vk.com/pfcsochi