

Bugun Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi mamlakat superkubogi 8–11 aprel kunlari BAA poytaxti Abu Dabi shahrida bo'lib o'tishini ma'lum qildi.
Musobaqada "Al Hilol", "Al Nassr", "Al Ittihod" va "Al Vahda" jamoalari ishtirok etadi.
Yarim finalda 8 aprel kuni "Al Ittihod" - "Al Vahda" hamda "Al Hilol" - "Al Nassr" uchrashuvlari o'tkaziladi.
Juftlik g'oliblari 11 aprel kuni "Muhammad Bin Zayid" stadionida to'qnash keladi.




