Rasman: "Real" posboni yangi mavsumni LaLiganing boshqa klubida o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
14 avg 2019, 01:47
Real darvozaboni Andrey Lunin Valyadolid a'zosiga aylandi.

U 2019/20 yilgi mavsumning oxiriga qadar ushbu klub safida harakat qiladi. 

Lunin o'tgan mavsumni ham ijarada LaLiganing boshqa bir klubi Leganesda o'tkazdi va 7 o'yinda qatnashib, o'z davozasidan 7ta to'p olib chiqdi. 

Eslatib o'tamiz, 20 yoshli ukrainalik kiper joriy yili Polsha yashil maydonlarida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi (U-20) mundialda terma jamoa bilan zafar quchdi va musobaqaning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/realvalladolid