Rasman: "Qo'qon-1912" 2 nafar futbolchi transferini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
28 fev 2024, 19:06
Superligaga chiqishni vazifa qilib qo'ygan "Qo'qon-1912" jamoasi tarkibini yana ikki nafar futbolchi bilan boyitib oldi.

O'tgan mavsumni "Navbahor" U-21 tarkibida o'tkazgan himoyachi Usmonali Abdukarimov qo'qonliklar bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Usmonali Abdukarimov

Tug'ilgan sanasi: 09.04.2003

Ampluasi: Markaziy himoyachi


Bundan tashqari, Muhsinjon Nizomiddinov jamoasiga "Olimpik"dan Mustafo Abdumannopov ham borib qo'shilgan. 20 yoshli yarim himoyachi bilan 1 yillik shartnoma imzolandi. Mustafo "Olimpik" tarkibida Superligada 5 o'yinda maydonga tushgan, U-21 chempionatida esa o'tgan mavsum 22ta bahsda qatnashgan.

Mustafo Abdumannopov

Tug'ilgan sanasi: 21.07.2003

Ampluasi: Yarim himoyachi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати