RASMAN: Qirg'iziston keyingi bosqichga chiqdi!

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2019, 22:58
Osiyo Kubogida ilk marta ishtirok etayotgan Qirg'iziston terma jamoasi nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Aleksandr Krestinin boshqaruvidagi Qirg'iziston terma jamoasi Osiyo Kubogining "C" guruhida 3-o'rinni egalladi. BAAda o'tayotgan qita chempionatida 24ta jamoa ishtirok etmoqda. Reglamentga ko'ra, 6ta guruhda eng yaxshi ko'rsatkichga ega 4ta 3-o'rin sohiblari nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Bu limitdan dastlab "A" guruhidagi Bahrayn va "C" guruhidan bugun Qirg'iziston terma jamoasi foydalandi.

Qirg'izistonliklarning keyingi bosqichdagi raqibi katta ehtimol bilan BAA terma jamoasi bo'lishi mumkin. Bu rasman qaysi guruhdan kimlar chiqishi taqsimotiga qarab keyinroq ma'lum bo'ladi.

Osiyo Kubogi guruh jadvallari bilan tanishing

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia