

PSJ klubi PSVdan Xavi Simonsni sotib oldi. Transfer narxi 6 mln evroni tashkil qiladi. Simons Parij klubi bilan 2027 yilgacha shartnoma imzoladi.
Parijliklar ushbu transferni e'lon qilishlari bilanoq, Simonsning "Leyptsig"ga ijaraga berilganini rasman ma'lum qilishdi. Yarim himoyachi Bundesligada bir mavsum harakat qiladi.
Ma'lumot uchun, Simons PSVga 2022 yil yozida bepul kelib qo'shilgandi. Futbolchi o'tgan mavsum Niderlandiya chempionatida 34 ta o'yin o'tkazdi. Ushbu o'yinlarda Xavi 19 ta gol va 8 ta assist qayd etdi.



