Rasman: Postekoglu – "Nottingem Forest" bosh murabbiyi!

Sherzod Nurmatov
9 sen 2025
Kecha "Nottingem Forest" 2023 yil dekabridan beri jamoaga boshchilik qilib qilib kelgan Nunu Eshpiritu Santuni ishdan bo'shatganini e'lon qildi.

Nununing kyetishi ishlashi tufayli emas, balki "Forest" xo'jayinlari – klub egasi Evangelos Marinakis va global sport departamenti rahbari Edu bilan munosabatlarning yomonlashishi bilan bog'liq.

Endi jamoada "Tottenxem"ning yana bir sobiq bosh murabbiyi Ange Postekoglu ishlaydi. U bilan 2 yillik shartnoma tuzildi.

Marinakis "Forest"ning dominant va hujumkor o'ynashini xohlaydi. Postekoglu Evangelos uchun munosib odam sifatida ko'riladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: nottinghamforest.co.uk