

Piterliklar himoyachini mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi. Shuningdek, kelishuvga ko'ra, jamoa uni sotib olishi ham mumkin.
25 yoshli Osorio Venesuela termasi a'zosi hisoblanadi. U 2017/18 mavsum ajdarlar bilan Portugaliya chempionligini qo'lga kiritdi.
Shuningdek, himoyachi o'tgan mavsumni ijara asosida Vitoriya Gimaraynshda o'tkazib, Porutgaliya chempionatida 27 o'yin o'tkazgan holda 2+1 natijani qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Osorio yangi klubi tarkibida 4 raqam ostida harakat qiladi.




