Rasman: Pogba bugun maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2018, 16:58
"Manchester Yunayted" bugun "Xaddersfild"ga qarshi Angliya Kubogi doirasida bahs o'tkazadi.

"Qizil iblislar" yarim himoyachisi Pol Pogba bugun maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik futbolchi kasal bo'lgani tufayli bugunga bahsda ishtirok etmaydi.

"Xaddersfild" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com