Rasman: Pirlo “Yuventus”ning yoshlar jamoasini boshqaradi

Eldor Akmurzayev
30 iyul 2020, 20:15
Bu haqda “turinliklar” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Italiyalik sobiq xavbek “Yuve”ning yoshlar jamoasi (U-23) murabbiyi etib tayinlandi. U Fabio Pekkyuning o'rnini egalladi.

U-23 jamoasi C Ceriyada qatnashadi. Ular o'tgan mavsum A guruhida 10-o'rinni egallashdi, shuningdek, C Seriya Kubogida zafar quchishdi.

Avvalroq, Pirlo kelajakda asosiy jamoani boshqarishi mumkinligi to'g'risida xabarlar tarqalgan edi. 

Sobiq yarim himoyachi 2011-2015 yillar davomida Turin klubini futbolchi sifatida himoya etgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc