Rasman: Pavel Mamaev "Rostov" futbolchisiga aylandi

Eldor Akmurzayev
28 sen 2019, 22:20
Rostov yaqinda koloniyani tark etgan yarim himoyachi Pavel Mamaevni tarkibga qo'shib oldi.

Kelishuv 2 yilga mo'ljallangan bo'lib, barchasi ijobiy kechadigan bo'lsa shartnoma yana uzaytiriladi.

Mamaev rostovliklar tarkibida 10 raqam ostida harakat qiladi. Uning so'nggi klubi esa Krasnodar bo'lgandi. U krasnodarliklar tarkibida 146 bahsda qatnashib, 35ta gol urishga erishgan. Shuningdek, 31 yoshli xavbek SSKA bilan Rossiya chempionligi hamda Kubok, Superkubok g'olibligini qo'lga kiritdi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/rostovfc