Rasman: O'zbekistondagi barcha sport musobaqalari qoldirildi

Eldor Akmurzayev
15 mar 2020, 18:35
2020 yil 16 martdan sanasidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha talim muassasalari noma'lum muddatga yopildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'i bilan vazirlik tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha talim muassasalari, jumladan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatlar, IBO'SMlar, BO'SMlaridagi pullik va bepul to'garaklar, shuningdek, yopiq suzish havzalaridagi barcha to'garaklar nomuayyan muddatga tatilga chiqarilganini ma'lum qilamiz.

Shu bilan birga mamlakatimiz hududida o'tkaziladigan barcha sport turlari bo'yicha O'zbekiston chempionatlari va kuboklari hamda boshqa ichki musobaqalar ham noma'lum muddatga qoldiriladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги матбуот хизмати