Rasman. Olimpiya o'yinlariga boradigan futbolchi ikkinchi davrani Paxtakorda o'tkazadi

Khoja
6 iyul 2024, 09:10
Paxtakor matbuot xizmati birinchi davrada Olimpikda harakat qilgan Abdurauf Bo'riev jamoaga qaytganini e'lon qildi.

21 yoshli futbolchi yil boshida sherlar bilan shartnoma tuzgandi, keyinchalik yana Olimpikka ijaraga berib yuborilgandi.

Ma'lumot uchun, Abdurauf Bunyodkor tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021 yildan beri Olimpik safida harakat qilib kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia