Rasman: Nabil Bentaleb APLga qaytdi

Eldor Akmurzayev
21 yanv 2020, 19:45
“Shalke” yarim himoyachisi Nabil Bentaleb "Nyukasl" a'zosiga aylandi.

U mavsum oxiriga qadar ijara asosida ushbu jamoa safida harakat qiladi. Kelishuvga ko'ra, "qora-oqlar" 25 yoshli xavbekni sotib olish huquqini ham qo'lga kiritdi. 

Jazoir milliy jamoasi a'zosi bo'lgan Bentaleb 2013-2017 yillari Premer-liganing boshqa bir klubi “Tottenxem” sharafini himoya etgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/NUFC