Rasman: MYU De Xea bilan shartnomani uzaytirdi

16 sen 2019, 19:22
Mankunianliklar ispaniyalik kiper bilan hamkorlikni uzaytirishga muvaffaq bo'ldi.

28 yoshli David De Xea "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirdi, deya xabar berdi klub rasmiy sayti. Eslatib o'tamiz, De Xea 2011 yil MYUga Madridning "Atletiko" jamoasidan o'tgandi. U o'tgan vaqt mobaynida APLning 102 o'yinida darvozasi dahlsizligini saqlab qola bilgan. Bu APL tarixida eng yaxshi natija hisoblanadi.


O'xshash yangiliklar


Manba: manutd.com