Rasman: MYU 42,5 mln evroga Zirkzeni xarid qildi

Alisher
14 iyul 2024, 20:27
"Manchester Yunayted" Joshua Zirkzening o'tishini e'lon qildi.

Hujumchi bilan 2029 yilga qadar mo'ljallangan bitim tuzildi. Shartnomada uni bir mavsumga uzaytirish borasida bitim bor.

Oldinroq, "Bolonya"ning niderlandiyalik uchun 42,5 mln evro olishi xabar qilingandi.

Zirkze o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manutd.com