Rasman “Monako” o'yinchisi APLga ko'chib o'tdi

26 yanv 2018, 08:14
“Sautgempton” monegaskliklar jamoasidan Gvido Karriloni sotib oldi.

Argentinalik o'yinchining transferi jamoa uchun 19,1 million funt sterlingga tushdi. Gvidoni sotib olishda jamoa murabbiy Maurisio Pellegrinoning o'zi asosiy rolni o'ynadi. Murabbiy u bilan Arentinada ekanligidayoq birga ishlagan.

Karrilo Liga 1 bahslarining 15 ta o'yinida maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph