Rasman: "Milan"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Alisher
9 okt 2019
"Milan"ga Marko Jampaoloning iste'fosidan so'ng yangi bosh murabbiy tayinlandi.

53 yoshli Stefano Pioli "rossonerilar" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Xabar qilinishicha, uning maoshi yiliga 1 million evroni tashkil etadi.

Pioli bundan oldin "Inter", "Lacio" va "Fiorentina" klublarida ishlagan.

"Milan" joriy mavsum A Seriyada 7 turdan so'ng 9 ochko jamg'argan holda 10-o'rinda bormoqda.



AlisherMuallif
Manba: twitter.com/acmilan