Rasman: Mastantuono - "Real" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
14 avg 2025
"Real" matbuot xizmati 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi Franko Mastantuononing transferini e'lon qildi.

Futbolchi bugun yangi klubida tanishtirildi. U "Real" bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ygan. Argentinalik futbolchi uchun "Real" "River Pleyt"ga 45 million evro to'lagan.

Xabi Alonso boshqaruvidagi "Real" yangi mavsumdagi ilk o'yinini 19 avgust kuni "Osasuna"ga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/realmadrid