Rasman: Marselo mavsum oxirida “Real”dan ketishini tasdiqladi

Eldor Akmurzayev
2 mar 2022, 08:45
“Real” himoyachisi Marselo uchun 2021/22 yilgi mavsum madridliklar libosidagi oxirgisi bo'ladi.

“Hozir avvalgidek emasman, o'zimga ancha oldin o'g'lim ulg'ayguncha futbol o'ynayman va u bilan birga harakat qilaman deb so'z bergandim. 

Mavsum so'nggigacha bizni muhim o'yinlar kutmoqda, dunyoning eng yaxshi jamoasi sardoriman va bundan zavq olmoqdaman. Barcha narsaning o'z nihoyasi bor va mavsum oxirida jamoadan ketishni o'ylayapman”, deydi braziliyalik.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli futbolchi 2007 yildan beri “Real” sharafini himoya qilib keladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca