

Mankunianliklarning "Chelsi" bilan Mark Kukurelya borasidagi muzokaralari yakuniga yetmadi. Shu sababdan klub "Tottenxem"dan Serxio Regilonni bir mavsumga ijaraga oldi.
Regilon o'tgan mavsumni "Atletiko"da ijarada o'tkazdi va LaLiganing 11 o'yinida maydonga tushdi.




