Rasman: "Manchester Siti" stadioni sig'imini kengaytirishga ruxsat oldi

Omonjon To`xtamirzayev
21 apr 2023, 16:39
"Shaharliklar" stadioni hozirda 53 400 muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi.

"Manchester Siti" esa Manchester mamuriyatidan o'z stadionini 60 000 o'ringacha kengaytirishga ruxsat oldi!

Shuningdek, savdo hududi va 400 o'rinli mehmonxonaga ega "shahar maydoni" quriladi.

Rekonstrukciya qiymati kamida 340 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Times