Rasman: "Liverpul" "Leyptsig" himoyachisi Konatening transferini e'lon qildi
Alisher
28 may 2021, 17:32
"Liverpul" "RB Leyptsig" bilan himoyachi Ibraima Konatening transferi borasida kelishuvga erishdi.
22 yoshli o'yinchi uzoq muddatli shartnoma imzoladi, bitim Konate Angliyada ishlash ruxsatini olsa va tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tsa, 1 iyuldan kuchga kiradi.
Xabarlarga ko'ra, transfer narxi 40 million funtni tashkil etadi.