Rasman: "Lester" rekord summa evaziga futbolchi sotib oldi

Eldor Akmurzayev
8 iyul 2019, 22:15
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yuri Tilemans to'loqonli Lester a'zosiga aylandi.

Monako a'zosi o'tgan mavsumning ikkinchi qismidan boshlab tulkilar safida ijara asosida to'p tepdi. 

Xavbekning transferi lesterliklar uchun rekord summa – 40 mln. evroga tushdi. Tomonlar to'rt yillik kelishuvga erishgan. Avvalroq, klub Nyukasldan Ayose Peresni xarid qilgandi. 

Eslatib o'tamiz, Tilemans Lester safida o'tgan mavsum 13 bahsda qatnashib, 3+4 natijani qayd etgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: lcfc.com