Tilemans "Aston Villa"ga o'tish sababini aytdi

Mirjalol Normatov
2 iyul 2023, 11:55
"Aston Villa" yarim himoyachisi Yuri Tilemans yangi jamoasiga o'tishi sababini aytdi.

Uning fikriga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri transferning asosiy sababi bo'ldi.

"Uning ambiciyalari, ishiga bo'lgan munosabati, jamoaning qanday boshqarishi meni "Aston Villa"ga chorladi", - dedi belgiyalik futbolchi.

Tilemans "Aston Villa"ga erkin agent sifatida o'tdi. Bunga qadar u 4 mavsum davomida "Lester" tarkibida o'ynagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Eurofoot