Tilemans yozda "Lester"ni tark etadi

Sherzod Nurmatov
16 may 2023, 18:12
"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans yozda klub lageridan ketadi.

Qayd etilishicha, belgiyalik futbolchi oldida bir qancha takliflar bor. Futbolchi hozir bor e'tiborini mavsumning so'nggi o'yinlariga qaratgan, shundan so'ng u faoliyatini davom ettirish variantlarini ko'rib chiqadi.

"Tulkilar" Chempionshipga tushib ketish xavfi ostida. Jamoa chempionat tugashiga ikki tur qolganda 19-o'rinda, 17-o'rindagi "Everton" bilan farq 2 ochkoni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano