Rasman: Leroy Fer boshqa klubga o'tdi

Alisher
26 iyul 2019
Yarim himoyachi Leroy Fer Gollandiyaning "Feyenoord" klubiga o'tdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qayd etish kerakki, "Feyenoord" 29 yoshli futbolchi bilan 1 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Fer 2016-2019 yillarda "Suonsi" sharafini himoya qilgandan so'ng klubni tark etdi. U 2018/19 yilgi mavsum 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 6ta assistga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Fer "Feyenoord" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Rottyerdam klubi safida 2007 yildan 2011 yilgacha harakat qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/feyenoord