

"O'FA Ibrohimhalil Yo'ldoshevning Osiyo kubogida ishtirok etishi borasida kelishuvga erishdi, futbolchimiz yaqin kunlarda terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishi kutilmoqda.
Ayni paytda legionerlarimizning klublari bilan muzokaralar davom etmoqda. Muzokaralar natijasi O'FA rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar saytimiz tomonidan "Qayrat"ning Yo'ldoshevni terma jamoaga qo'yib yuborishga rozi bo'lganini ma'lum qilgandik.




