Rasman: Kurtua Evro-2024 uchun ro'yxatga kiritilmadi. De Bryuyne, Lukaku, Doku va boshqalar bor

Tolibjon Qosimov
28 may 2024, 15:29
14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada Evro-2024 bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.

Belgiya terma jamoasining musobaqa uchun yakuniy ro'yxati e'lon qilindi.

Bosh murabbiy Domeniko Tedesko ro'yxatga 25 nafar o'yinchini kiritdi. Vaholanki, yaqin UEFA Evroga 26 nafar futbolchini olib borishga ruxsat bergandi.

Belgiya terma jamoasining Evro-2024 uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Kun Kastels ("Volfsburg"), Matc Zels ("Nottingem Forest"), Tomas Kaminski ("Luton");

Himoyachilar: Timoti Kastan ("Fulxem"), Vaut Fas ("Lester"), Aksel Vitcel ("Atletiko"), Maksim de Keyper ("Bryugge"), Toma Mene ("Trabzonspor"), Zeno Debast, Yan Vertongen (ikkisi – "Anderlext"), Artyur Teate ("Renn");

Yarim himoyachilar: Amadu Onana ("Everton"), Yannik Ferreyra Karrasko ("Al-Shabab"), Aster Vranks ("Volfsburg"), Yuri Tilemans ("Aston Villa"), Orel Mangalya ("Nottingem Forest"), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Artyur Vermeren ("Atletiko");

Hujumchilar: Dodi Lukebakio ("Sevilya"), Jeremi Doku ("Manchester Siti"), Loi Openda ("RB Leyptsig"), Leandro Trossard ("Arsenal"), Sharl de Ketelare ("Atalanta"), Yoxan Bakayoko (PSV), Romelu Lukaku ("Roma").

Bunday holatda yakuniy ro'yxatdan "Real" darvozaboni Tibo Kurtua tushib qolgan. O'tgan yil Kurtua va Tedesko o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: rbfa.be