Rasman: Jeyms Meddison - "Tottenxem" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
29 iyun 2023
"Tottenxem" matbuot xizmati Jeyms Meddisonning transferini ma'lum qildi.

26 yoshli futbolchi London klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Oldinroq tasdiqlangan ma'lumotlarga ko'ra, "Tottenxem" futbolchining transferi uchun 40 mln funt sterling to'laydi. 

Meddison 2018 yildan buyon "tulkilar" sharafini himoya qilib kelayotgandi. O'tgan mavsumda u APLning 30 o'yinida 10 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial