Rasman: Jerar Deulofeu “Barselona”dan APLga ko'chib o'tdi

30 yanv 2018, 07:01
“Barselona” yarim himoyachisi APL klubiga ijaraga berildi.

Jerar mavsumning qolgan qismini “Uotford” klubi tarkibida o'tkazadigan bo'ldi. APL klubi yarim himoyachining ijarasi uchun kataloniyaliklar g'aznasiga 1 mln evro o'tkazib berdi. 

Shuningdek, Jerarning maoshini ham “Uotford”ning o'zi to'laydigan bo'ldi.

Deulofeu ushbu mavsum La Ligada “Barselona”ning 10 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Барселона” расмий сайти