

25 yoshli futbolchi Fransiya terma jamoasi bilan finalga qadar yetib bordi va musobaqa davomida 6ta gol urib ikkita golli uzatma berdi.
Aynan u Evro-2016da eng ko'p gol urib Oltin butsani ham qo'lga kiritdi.
Grizmann musobaqaning 13 nafar eksperti tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada eng yaxshi deb tan olindi. Ushbu ekspertlar orasida Aleks Fergyuson, Devid Moyes, Savo Miloshevich, Garet Sautgeyt, Alen Jiress va boshqa mashhur mutxassislar bor endi.



