Rasman: "Granada" "Chelsi" futbolchisini ijaraga oldi

Alisher
8 sen 2020, 15:22
"Chelsi" chap qanot yarim himoyachisi Kenedi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

24 yoshli o'yinchi ijara asosida "Granada"ga o'tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kenedi 2019/20 yilgi mavsumni "Xetafe"da o'tkazdi. Futbolchi Madrid yaqinidagi klub safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.

"Chelsi" yarim himoyachini "Fluminense"dan 2015 yilda 8 million evro evaziga transfer qilgandi. Transfermarkt o'yinchini 9,5 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GranadaCdeF